Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ismini aytishni istamagan sartarosh evakuatsiya qilinganlarga tekin xizmat qilmoqda

Ismini aytishni istamagan sartarosh evakuatsiya qilinganlarga tekin xizmat qilmoqda

Ma’lumki, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi suv omborida suv chiqishi yuzaga kelib, ushbu tumanning Ko‘rg‘ontepa, Yurtdosh va Do‘stlik mahallalari aholisini xavfsiz joyga ko‘chirish, evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda, Sardoba tumani Paxtaobod shaharchasidagi 6-umumta’lim maktabi binosiga 400 dan ziyod aholi joylashtirilgan bo‘lib, ularga yetarlicha shart-sharoitlar yoratib berilgan. E’tiborli jihati shundaki evakuatsiya qilingan aholiga shu joyning o‘zida maishiy xizmat ko‘rsatilmoqda ekan.

— Sirdaryoliklar boshiga kelgan bu musibatda hamma o‘zining beminnat yordamini berishga oshiqmoqda, — deydi sardobalik sartarosh. — Har kim o‘z imkoniyati darajasiga yordam ko‘rsatmoqda, men ham o‘z xunarim bilan aholiga xizmat ko‘rsatishni maqsad qildim.

Suhbat davomida ushbu xojatbaror sartarosh nafaqat bu yerga keltirilganlar, balki Paxtabod kasb-hunar kolleji binosiga joylashtirilgan aholiga ham bepul xizmat qilib kelayotganini ta’kidladi.

Cirdaryo viloyati Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar boshqarmasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring