Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi Messi» gol urdi va rekord o‘rnatdi!

«Yangi Messi» gol urdi va rekord o‘rnatdi!

Yevro—2024 saralashidan o‘rin olgan uchrashuvda Ispaniya terma jamoasi safarda Gruziyani 7:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ispaniya tarkibida Alvaro Morata het-trik qayd etgan bo‘lsa, Niko Uilyams va Lamin Yamal bittadan gol muallifiga aylandi. Shuningdek, Solomon Kverkveliya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Gruziya tarkibida Giorgi Chakvetadze darvozani ishg‘ol qildi. 

E’tiborlisi, endigina 16 yilu 57 kunlik bo‘lgan Lamin Yamal Ispaniyaning yangi rekordini o‘rnatdi. Tarixda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchi Ispaniya terma jamoasida hech qachon o‘ynamagandi.

Yamal uchrashuvda Dani Olmo o‘rniga maydonga tushdi va debyut bahsidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Tabiiyki, u Ispaniya terma jamoasi safida gol urgan eng yosh futbolchiga ham aylandi.

Lamindan oldingi rekord «Barsa»ning boshqa tarbiyalanuvchisi — Gaviga tegishli edi, u o‘tgan yilning oktyabr oyida - 17 yoshu ikki oyligida debyut qilgandi. Debyut golini esa Gavi 17 yoshu o‘n oyligida kiritgandi.

Yevro—2024 saralashi

Gruziya – Ispaniya 1:7

Gollar: 0:1 – 22 Morata, 0:2 – 27 Kverkveliya (avtogol), 0:3 – 38 Olmo, 0:4 – 40 Morata, 1:4 – 49 Chakvetadze, 1:5 – 65 Morata, 1:6 – 68 Uilyams, 1:7 – 74 Yamal.

Gruziya: Mamardashvili, Gocholeyshvili (Sazonov, 77), Kashiya, Kverkveliya, Azarov (Dvali, 60), Lobjanidze (Davitashvili, 46), Aburjaniya (Chakvetadze, 46), Gagnidze (Mekvabishvili, 46), Kiteyshvili, Mikautadze, Kvarasxeliya.

Ispaniya: Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman, Gayya, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 72), Gavi (Merino, 58), Olmo (Yamal, 44), Asensio (Uilyams, 44), Morata (Xoselu, 72).

Ogohlantirishlar: Gavi (45), Aburjaniya (45), Kashiya (50), Kiteyshvili (60), Chakvetadze (63), Subimendi (79), Kvarasxeliya (82).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring