Ispaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming nafardan oshdi

Ispaniyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 102 136 nafarga yetdi. Bu haqda «El País» mamlakat SSVga asoslanib xabar tarqatdi.
So‘nggi kunda Ispaniyada koronavirusga chalingan 864 nafar bemor vafot etdi Qurbonlar umumiy soni 9053 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘ayib ketganlar jami soni — 22 647 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter