Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isrofgarchilikning uvoli bor

Isrofgarchilikning uvoli bor

Foto: «Xabar.uz»

Isrof nima? Kim isrofgarchilikka yo‘l qo‘yadi? Albatta uvol-savobning farqiga bormagan odam. Shunday oilalar bor, vaqti kelsa buxanka nonga pul topolmaydi. Shunday oilalar bor, faqat biron yig‘in sabab yopgan non sotib oladi. O‘tgan yili buxanka nonning narxi ko‘tarilganda bejiz xalq keskin bahs-munozara qilmadi.

Kuni kecha bir tanishimnikida mehmonda bo‘ldik. Oshxonasiga quritilgan nonlarni uyub qo‘yibdi. Aytishicha mol-qo‘ylari uchun Toshkentning «Xalqlar do‘stligi» tomonidagi axlatxonalarning birida mana shu tashlangan nonlarni yig‘ib berisharkan.

Foto: «Xabar.uz»

Uyulgan nonlar orasida butun-butun yog‘lik qimmat patirlar, go‘shtli gijda nonlar, parhez uchun tanovvul qilinadigan qora nonlar, turli batonlar, shirinliklarni ko‘rib aqlingiz shoshadi. Uni bir odam isrof qilmagani aniq. Aytishingiz mumkin ko‘p qavatli uylarda turadigan odamlarning moli bo‘lmagach nima qilsin, deb. Ammo me’yor degan narsa borku. Odam o‘zining ehtiyojiga yarashasini olishi mumkinku. Nahotki bir kunlik me’yor qanchaligini anglash qiyin bo‘lsa. O‘sha oilada ota-onalar, bobo-buvilar, qaynota-qaynonalar tomonidan yoshlarga nonning uvoli haqida tushuntirishmaganmi?

Qorni to‘qning qorni och bilan nima ishi bor. Nonning bu isrofi orqali odamlarimizning qadr-oqibat tushunchalari ham sustligini anglash qiyin emas. Tanasi boshqa dard bilmas deganlaridek atrofdagilarning hayoti unday odamlarni qiziqtirmasligi aniq. Agar qiziqtirganida, qo‘shnisining yashash sharoiti o‘ylantirganida edi, bugun butun-butun bunday nonlar chiqindixonalardan joy olmas edi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring