Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil fuqarolarining Maldivga kirishi rasman taqiqlandi

Isroil fuqarolarining Maldivga kirishi rasman taqiqlandi

Maldiv prezidenti Muhammad Muizzu immigratsiya qonuniga Isroil pasportiga ega bo‘lgan shaxslarning mamlakatga kirishini taqiqlovchi tuzatishni ratifikatsiya qildi. Bu Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga norozilik sifatida qilingan.

«Ratifikatsiya hukumatning Isroil tomonidan Falastin xalqiga qarshi davom etayotgan vahshiylik va genotsidga javoban qat’iy pozitsiyasini aks ettiradi», - deya Maldiv hukumatining so‘zlaridan iqtibos keltiradi CNN telekanali.

Isroil falastinliklarga qarshi genotsid ayblovlarini rad etadi va 2023 yil 7 oktyabrda Xamas jangarilari Isroilga hujum qilganidan keyin o‘zini himoya qilayotganini ta’kidlaydi. Shundan beri G‘azoda 51 mingdan oshiq tinch aholi halok bo‘ldi. 

Prezident Muizzu dastlab Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini 2024 yilning iyun oyidayoq taqiqlashni taklif qildi. Keyin Isroil Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Maldiv orollariga sayohat qilmaslikni tavsiya qilib, javob berdi.

Isroil Maldiv hukumatining hozirgi qaroriga hozircha izoh bermadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring