Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil G‘azoga havo hujumlarini boshladi: 230 dan ortiq kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi

Isroil G‘azoga havo hujumlarini boshladi: 230 dan ortiq kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi

Isroil 19-yanvardagi sulhdan buyon G‘azo sektoriga eng yirik hujumini uyushtirdi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroilning G‘azo sektori bo‘ylab havo hujumlari natijasida halok bo‘lgan 230 dan ortiq falastinlik orasida ko‘plab ayollar va bolalar bor. 300 nafardan ortiq falastinlik jarohatlangan.

HAMAS Isroilni G‘azo bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini bekor qilish uchun qamalda qolgan va himoyasiz tinch aholiga «xiyonatkor» hujum uyushtirganlikda va o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvni «qasddan sabotaj qilishda» ayblamoqda.

Al Jazeera, shuningdek, HAMAS «arab va islom xalqlari va «dunyoning barcha erkin xalqi»ni» Isroilga qarshi global norozilikka chaqirmayotganini yozdi.

Isroil Mudofaa armiyasi va Shin-Bet xavfsizlik xizmati esa qo‘shma bayonotida «siyosiy rahbariyat qaroriga muvofiq, SAXAL va Shin-Bet hozirda G‘azo sektoridagi HAMAS harakatiga tegishli ob’yektlarga keng ko‘lamli zarbalar berayotgani»ni ma’lum qildi.

«Isroil zarbalari sektorning G‘azo, Deyr-al-Balah, Xon-Yunus va Rafah shaharlariga berilgan», – deya aniqlik kiritdi Al Jazeera.

Falastin tomonining ta’kidlashicha, ushbu hujumlar Netanyaxuning G‘azoga barcha yordam va mahsulotlarning kirishini to‘sib qo‘yish va anklavning barcha chegara o‘tish joylarini yopish haqidagi qaroridan keyin sodir bo‘ldi.

Oziq-ovqat, gaz va yoqilg‘i kabi zaruriy ta’minot kamayib borayotgani sababli, aholi tobora og‘ir sharoitlarda qolmoqda. Anklavda ayni paytda suv inqirozi og‘irlashgan, yonilg‘i taqchilligi sabab suv ishlab chiqaruvchi zavodlar yopilgan.

Mahalliy OAV yangilangan keskinlik Falastin hududidagi usiz ham og‘ir bo‘lgan gumanitar vaziyatni yanada chuqurlashtirishi haqida ogohlantirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring