Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil harbiy harajatlarni rekord darajada oshiradi

Isroil harbiy harajatlarni rekord darajada oshiradi

Isroilning 2026-yilgi mudofaa budjeti loyihasi e’lon qilindi. Unda xarajatlar avvalgi budjetga nisbatan 7 milliard dollarga oshib, 35 milliard dollarga yetishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi The Jerusalim Post

«Isroilning 2026 yilgi mudofaa budjeti taxminan 35 milliard dollar miqdorida belgilandi, bu avvalgi loyihada ko‘zda tutilgan 28 milliard dollardan ko‘proq», deb yozdi nashr Mudofaa vaziri devoniga asoslanib. 

«Biz Isroil armiyasini mustahkamlash, jangchilarimizning ehtiyojlarini to‘liq qondirish va rezervchilarga yukni kamaytirish uchun qat’iy harakat qilishda davom etamiz», deb yozdi gazeta mudofaa vaziri Isroil Katsning so‘zlaridan iqtibos keltirdi. 

The Jerusalim Post Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrichning devoniga tayanib, 2026-yil uchun rejalashtirilgan mudofaa budjeti mintaqadagi mojaro avj olgan 2023-yilga nisbatan 15 milliard dollarga oshganini ta’kidladi. 

Nashrning xabar berishicha, Isroil 2024-yilda HAMAS va «Hizbulloh»ga qarshi harbiy operatsiyalarga taxminan 31 milliard dollar sarflagan. 

Isroil vazirlar mahkamasi kecha kelasi yilgi budjetni muhokama qilishni boshladi. Agar budjet mart oyiga qadar tasdiqlanmasa, mamlakatda yangi saylovlar o‘tkaziladi. Budjet loyihasining birinchi o‘qilishi bugun, 5-dekabr ovozga qo‘yilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring