Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil hujumi sabab yarim million g‘azolik janubga ketishga majbur bo‘ldi

Isroil hujumi sabab yarim million g‘azolik janubga ketishga majbur bo‘ldi

Isroil mudofaa kuchlari hujum boshlaganidan beri G‘azo shahrining 480 ming aholisi anklavning janubiy qismiga ketishga majbur bo‘ldi, deb yozadi The Times of Israel nashri. 

Isroil hisob-kitoblariga ko‘ra, hujumdan oldin shaharda taxminan 1 million falastinlik yashagan. 

Hujum boshlanishidan oldin Isroil armiyasi aholiga evakuatsiya qilishni maslahat bergan. 17 sentyabr kuni Isroil armiyasi shahardan G‘azo sektori janubiga Saloh ad-Din shossesi bo‘ylab 48 soatga qo‘shimcha evakuatsiya yo‘li ochilganini e’lon qildi. 

Reuters xabariga ko‘ra, shaharda qolgan yuz minglab falastinliklar xavf va oziq-ovqat taqchilligi tufayli evakuatsiya yo‘llaridan foydalanishdan qo‘rqishmoqda. 

17-oktyabr kuni Yevropa Komissiyasi G‘azo shahrini egallash uchun "Gideon aravasi" operatsiyasini kengaytirishga javoban Isroilga qarshi cheklovlar to‘plamini e’lon qildi. Germaniya, Avstriya, Italiya va Vengriya kabi bir qancha davlatlar yahudiy davlatiga qarshi sanksiyalarga qarshi chiqdi. Shuning uchun bu sanksiyalar hech qachon kuchga kirmasligi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring