Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil kuchlari G‘azoni to‘liq bosib olishga kirishdi

Isroil kuchlari G‘azoni to‘liq bosib olishga kirishdi

Foto: Euronews.

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo ustidan nazoratni qo‘lga olish uchun quruqlikdagi operatsiyani boshladi va shahar chekkalarini egallab oldi, dedi yahudiy armiyasi vakili, brigada generali Effi Defrin. Bu haqda Jerusalim Post nashri xabar berdi

Isroil Mudofaa vazirligi 60 000 ga yaqin qo‘shimcha zahiradagi askarlarni xizmatga chaqirishini tasdiqladi va bu hafta yana chaqiruv qog‘ozlari yuboriladi. Defrinning qo‘shimcha qilishicha, avgust oyida yana 20 000 chaqiruv qog‘ozi yuboriladi. 

Generalning qo‘shimcha qilishicha, SAXAL g‘azoliklarning xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinishi, insonparvarlik yordami va tibbiy yordam olishi uchun harakat qilmoqda. 

8-avgust kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi xavfsizlik mahkamasi G‘azoni egallash rejasini ma’qullaganini tasdiqladi. Amaliyot maqsadlari orasida XAMASni qurolsizlantirish, barcha garovga olinganlarni qaytarish, anklavni demilitarizatsiya qilish, Isroil hududi xavfsizligini nazorat qilish va HAMAS yoki Falastin milliy ma’muriyatisiz fuqarolik hukumatini shakllantirish kiradi. 

Rejalar Isroil ichida ham, xorijda ham qattiq tanqidga uchradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring