Isroil Livanga zarba yo‘lladi: kamida 10 kishi halok bo‘ldi
Reuters agentligi manbalarga tayanib xabar berishicha, Isroilning Livan sharqidagi Bekaa vodiysida uyushtirgan havo hujumlarida kamida 10 kishi halok bo‘lgan va 50 kishi yaralangan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida «Hizbulloh»ning yuqori lavozimli amaldori ham bor.
20 fevral oqshomida Isroil mudofaa kuchlari (IDF)«Hizbulloh» qo‘mondonlik markazlariga zarbalar berishini e’lon qildi. Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, harakat ushbu qo‘mondonlik markazlarida go‘yoki Isroil armiyasiga qarshi terroristik hujumlarni tayyorlayotgan edi.
2024 yil noyabr oyida Isroil va Hizbulloh sulh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar, unga ko‘ra harakat hujumlar uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan infratuzilmani qayta tiklamaslikka kelishib oldi.
Reuters agentligining ta’kidlashicha, 20 fevral kuni Isroilning Livanga qilgan hujumlari so‘nggi haftalardagi eng halokatli hujumlar qatoriga kirdi va «mo‘rt sulhni sinovdan o‘tkazmoqda».


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter