Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov navbatdagi jangini nokautchi bokschiga qarshi o‘tkazadi

Isroil Madrimov navbatdagi jangini nokautchi bokschiga qarshi o‘tkazadi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Xabar berganimizdek, Isroil Madrimov 9-mart kuni AQShda o‘zining professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bir necha soat avval vakilimizning raqibi ham aniqlandi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra Madrimov venesuelalik Frenk Roxasga qarshi ringga chiqadigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, Frenk shu paytgacha professional boksda 26 marta ringga ko‘tarilib 24 bor zafar quchgan. G‘alabalarining 23 tasida raqibini nokautga uchratgan va 2 bor mag‘lub bo‘lgan.

Isroil Madrimov ayni damda «WBA» yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingining to‘qqizinchi pog‘onasida turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring