Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil raketalari UNESCO ro‘yxatidagi tarixiy qal’aga zarar yetkazdi

Isroil raketalari UNESCO ro‘yxatidagi tarixiy qal’aga zarar yetkazdi

Foto: Sana.sy

Isroilning raketa zarbalari oqibatida Damashqdagi tarixiy qal’aga zarar yetdi.

Suriya qadimiy obidalar va muzeylar bosh boshqarmasi xabar berishicha, ushbu qal’a UNESCOning Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatida turadi.

Yakshanbaga o‘tar kechasi Isroil raketa zarbalari berishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deyiladi Suriya tomoni bergan ma’lumotda.

Suriya shimoli-g‘arbida va Turkiyada zilzila yuz berganidan so‘ng 12 kun o‘tib, Isroil yana Damashq tomon o‘limkor raketalarini yo‘llashni boshladi. Isroilning xunrezligi xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralanmoqda. Bir millat tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashayotgan bir pallada ikkinchi ofatni yog‘dirayotganlarni qanday atashga til ojiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring