Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil rasman urush holatida ekani e’lon qilindi

Isroil rasman urush holatida ekani e’lon qilindi

Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi mamlakat «urush holati»ga kirganini e’lon qildi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi bayonotida aytiladi, deb yozadi The Time of Israel.

Qayd etilishicha, hukumat to‘g‘risidagi qonunning 40-bandini kiritish ma’qullangan – u urush holatini e’lon qilish tartibini nazarda tutadi. Oxirgi marta bu band 50 yil oldin, 1973-yilda kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabr kuni ertalab Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi  HAMAS guruhi Isroil tomon raketa otganini ma’lum qildi. Bunga javoban mamlakat mudofaa kuchlari G‘azoda harbiy operatsiya boshladi.

Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abul G‘ayt G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. «Isroilning zo‘ravon va mutaassib siyosatni davom ettirishi yashirin bomba kabi ta’sir ko‘rsatadi, yaqin istiqbolda mintaqada barqarorlik o‘rnatish imkonini yo‘qqa chiqaradi», – deydi ADL rahbari.

AQSh «HAMASning Isroilga dahshatli terrorchilik harakatlarini» qoralagan. Jo Bayden bosh vazir Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqotda Qo‘shma Shtatlar Isroilga urush uchun har qanday ko‘makka tayyorligini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring