Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil vaziri G‘azoda dahshatli usulni qo‘llash taklifini berdi

Isroil vaziri G‘azoda dahshatli usulni qo‘llash taklifini berdi

Isroilning Quddus ishlari va merosi bo‘yicha vaziri Amikay Eliyaxu harbiy mojaro rivojlanishining mumkin bo‘lgan ssenariylaridan biri G‘azo sektori hududiga yadroviy bomba tashlash bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Bayonot rasmiylar va isroillik siyosatchilar tomonidan qoralangan. Shundan so‘ng, Eliyaxu uni noto‘g‘ri tushunganini va atom bombasi haqidagi so‘z metafora ekanligini bildirdi.

«Atom bombasi metafora ekanligi hammaga ayon. Lekin biz, albatta, natsistlar va ularning tarafdorlariga terrorni qabul qilib bo‘lmasligini tushuntirib beradigan kuchli javob berishimiz kerak. Bu demokratik davlatlar uchun terrorizm bilan kurashishi mumkin bo‘lgan yagona formuladir», degan u.

Isroil G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini hamon davom ettirmoqda. Isroil havo kuchlarining markaziy anklavdagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi natijasida, G‘azo sog‘liqni saqlash rasmiylariga ko‘ra, kamida 33 kishi halok bo‘ldi.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushda falastinliklar orasida qurbonlar soni 9448 nafarga yetdi. Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda zo‘ravonlik va Isroil reydlarida 140 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring