Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilda 18 yoshli yigitlar bir xum tilla topib olishdi

Isroilda 18 yoshli yigitlar bir xum tilla topib olishdi

Foto: «New York Times»

Isroilning Yavne shahrida arxeologik qazuv ishlari paytida ichi oltinga to‘la qadimgi sopol xumcha topildi. Bu haqda «New York Times» nashri xabar bergan.

Xazinani qazish ishlarida qatnashayotgan 18 yoshlardagi ikki yigit topgan. Xumchaning ichidan milodiy IX asrga taalluqli 425 ta tilla tanga chiqdi.

Garchi xazinaning og‘irligi 900 gramm bo‘lsa-da, bu o‘sha vaqtlar uchun juda katta pul bo‘lgan.

«Misol uchun, bunday pulga o‘sha paytlarda Misrning ulkan va boy poytaxti — Fustat shahrining eng yaxshi tumanlaridan birida hashamatli uy sotib olsa bo‘lardi», — deya ta’kidladi Isroil qadimgi yodgorliklar boshqarmasidan Robert Kul.

Aftidan, ming yil muqaddam tillani yashirib qo‘ygan odam uni keyinroq qazib olishni niyat qilgan. Chunki xumcha joyidan siljib ketmasligi uchun uni mixlar yordamida mahkamlab qo‘ygan.

«Qaytib kelib, xazinani olib ketishiga nima to‘sqinlik qilganini taxmin qilishimiz mumkin», — deyiladi Isroil qadimgi yodgorliklar boshqarmasi bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring