Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarni zaruriyatsiz ko‘chaga chiqmaslikka chaqirmoqda

Isroilda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib fuqarolar o‘zining shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishi va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik tavsiya etildi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilgan.
Shuningdek, elchixonaga o‘ta zarur bo‘lmagan hollarda konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘ralgan.
Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:
- 03-672-2466
- 03-672-2371
- 03-758-5075
- 03-758-5076
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
- +972 54 485 1397
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter