Isroilga asosiy ittifoqchisi tanbeh berdi
AQSh Isroilning falastinliklarning xavfsizligini hisobga olmagan har qanday operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilni G‘azo janubidagi Rafah shahriga bostirib kirishdan ogohlantirdi, deb yozadi Politico.
«Rafahdagi yirik harbiy operatsiya u yerda boshpana olgan bir milliondan ortiq aholining xavfsizligi bo‘yicha ishonchli rejasiz amalga oshirilmasligi kerak. Ular himoyaga muhtoj», dedi Bayden.
Aniqlik kiritilishicha, Amerika yetakchisi Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarini ham keskin tanqid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojarodan halok bo‘lgan 27 mingdan ortiq falastinlikning «juda ko‘pi» begunoh tinch aholi va bolalardir.
«Falastin oilalari bir emas, ko‘plab yaqinlarini yo‘qotishdi. Bu yurakni ezadi», — dedi AQSh prezidenti.
Bayden avvalroq Falastin davlatini qurish uchun Falastin milliy ma’muriyatini isloh qilishga chaqirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter