Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilning Serbiyadagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi

Isroilning Serbiyadagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi

Kecha, shanba kuni Isroilning Belgraddagi elchixonasini qo‘riqlayotgan politsiyachiga qarata o‘q uzgan hujumchi otib o‘ldirilgan edi.

Hujum oqibatida elchixona xodimlaridan hech kim jabrlanmadi, deydi Isroil tashqi ishlar vazirligi va politsiyachi tanasidagi o‘qni olib tashlash bo‘yicha operatsiyadan so‘ng kasalxonada davolanmoqda.

Mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich elchixonaga hujum qilgan shaxsni serb pravoslav nasroniyligidan islomni qabul qilgan markaziy serbiyalik Salohudin Zuyovich ekanligini ma’lum qildi.

Holat yuzasidan munosabat bildirgan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, shuningdek, elchixonaga hujumni terakt deya baholagan hamda qurolli tajovuzga aloqadorlarning barchasi aniqlanishini aytgan.

«Biz hujumchining sheriklarini qidirmoqdamiz. Biz barcha diplomatik vakolatxonalarni himoya qilamiz, shuningdek, xavfsizlik va himoyani kafolatlaymiz», – degan Serbiya prezidenti.

Rasmiylarga ko‘ra, hujumga aloqadorlikda gumon qilinib, bir necha kishi hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring