Issiq ob-havo saqlanib turadi — O‘zgidromet
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 19-21 iyun kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Bugun kunduz kuni va ish haftasi oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 34-39 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41 darajagacha bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi.
Tekislik hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida kechga tomon havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi etimoli bor.
Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon momaqaldiroq bo‘lishi, shaharning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-38 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter