Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi

Bugun, 19 iyul kuni, Uzbekistan airways’ning HY282 reysida Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz vaqtida samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi.
Xabar qilinishicha, parvoz davomida yo‘lovchilardan birida muddatidan oldingi tug‘uruq boshlangan. Ayolga bortda yo‘lovchi sifatida uchayotgan ikki nafar shifokor – Dilbar Sheripbayeva va Dilshod Nortojiyevlar ekipaj bilan hamkorlikda zarur tibbiy yordamni tezkorlik bilan ko‘rsatgan.
Ekipaj komandiri qarori bilan samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi. U yerda ona va yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolani shifokorlar kutib olishdi. Oila tezkor tarzda mahalliy klinikaga yetkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter