Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbul zilzilasi 400 dan ziyod binoda «iz qoldirdi»

Istanbul zilzilasi 400 dan ziyod binoda «iz qoldirdi»

Foto: Reuters

Istanbul zilzilasi 400 dan ziyod binoga ziyon yetkazdi, deb yozdi Turkiya shaharsozlik va atrof-muhit vaziri Murat Kurum.

«Yetkazilgan zararni aniqlash maqsadida Istanbulning 39 ta tumanida 8 367 ta bino tekshirildi, shulardan 437 tasiga kichik shikast yetgan», — dedi vazir.

Zararni baholash ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba, 23-aprel kuni Istanbulda bir nechta yer silkinishi qayd etildi. Eng kuchlisining magnitudasi 6,2 ballga yetdi. Silkinish kuchi epitsentrdan 300 km olisdagi Anqarada ham sezilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring