Istanbulda yer qimirladi

18:37 da qayd etilgan 4,7 balli zilzilaning markazi Istanbulning Silivri hududiga to‘g‘ri keldi, deya xabar berdi «RIA Novosti» Turkiya favqulodda vaziyatlar agentligi ma’lumotiga tayanib.
«Marmar dengizi atrofida 4,7 balli zilzila sodir bo‘ldi. Uning markazi Marmar dengizi akvatoriyasi, Silivri shahriga to‘g‘ri keldi», — deyiladi muassasa xabarida.
«NTV» telekanalining ma’lum qilishicha, zilzila Istanbulning barcha hududlarida sezilgan. Vayronalik va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter