Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda ikki o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Istanbulda ikki o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki o‘zbekistonlik ayol ushlandi. Bu haqda Istanbul bosh konsulxonasi xabar qildi.

Joriy yilning 10-yanvar kuni odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar Istanbul shahrida qo‘lga olingan. 

Aniqlanishicha, 1985-yilda tug‘ilgan D. Umarova 2018-yildan buyon, 1983-yilda tug‘ilgan M. Ulmasova 2017-yildan buyon IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

«Jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi»,- deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, «Madam Klod» taxallusi bilan tanilgan, 1989-y.t. Nilufar Mirxanova  joriy yilning 10-yanvar kuni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring