Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda topilgan jasadning o‘zbekistonlik ekanligi taxmin qilinyapti

Istanbulda topilgan jasadning o‘zbekistonlik ekanligi taxmin qilinyapti

Joriy yil 3-mart kuni Istanbul shahrining Kadikoy tumanidagi dengiz sohilida bir shaxsning jasadi topildi. Uning O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan xabarga ko‘ra, hozirda diplomatik vakolatxona prokuratura, morg hamda O‘zbekistondagi idora va boshqa tashkilotlar bilan shaxsning kimligini aniqlashga doir ishlarni amalga oshirmoqda.

Xabarda aytilishicha, jasadning yonidan «Rahmatillo» ismli fuqaroga doir ashyolar topilgan.

«Kimda mazkur holat yuzasidan ma’lumotlar bo‘lsa, Bosh konsulxonaga xabar berishingizni so‘raymiz», – deyiladi Bosh konsulxona axborotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring