Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbuldagi shifoxonada yong‘in kelib chiqdi (video)

Istanbuldagi shifoxonada yong‘in kelib chiqdi (video)

Foto: «Hurriyet.com.tr»

Istanbul universitetining tibbiyot fakulteti shifoxonasida yong‘in boshlandi. Bu haqda «Haberler» nashri xabar berdi.

Yong‘in Istanbul universiteti hududidagi qurilayotgan imoratda kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning tomidagi qurilish materiallari yonishi natijasida kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tergov harakatlarini boshlab yuborishgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring