Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbuldan Farg‘onaga kelgan fuqaro insultdan vafot etdi

Istanbuldan Farg‘onaga kelgan fuqaro insultdan vafot etdi

Shu yilning 25-mart kuni charter reysi bilan Istanbuldan Farg‘onaga uchgan 63 yoshlik nogironligi mavjud fuqaro F.ning ahvoli samolyotda og‘irlashgan. Unda yurak yetishmovchiligi, oyoq va qo‘llarida harakatsizlik kuzatilgan.

Bu haqda xabar olingach, Farg‘ona shahar halqaro aeroportiga maxsus jihozlangan reanimobil tez tibbiy yordam mashinasi o‘z vaqtida yetib kelgan.

Shundan so‘ng bemorga zudlik bilan reanimatsion muolajalar ko‘rsatilgan. Mashina ichida unga yurak, nafas tizimini yaxshilash uchun muolajalar bajarilib, defibrilyasiya amaliyoti tezkorlik bilan o‘tkazilgan. SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, standartlar bo‘yicha o‘tkazilgan muolajalarga qaramasdan, bemor vafot etgan.

Unga bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring