Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’molchilar qaytarib olgan keshbeklar miqdori 1 trln so‘mdan oshdi

Iste’molchilar qaytarib olgan keshbeklar miqdori 1 trln so‘mdan oshdi

Joriy yil mart oyida 2,2 mln nafarga yaqin iste’molchilar tomonidan 118 mlrd so‘mdan ortiq  keshbek yig‘ildi.

Ayni paytga qadar ularning 1,6 mln nafariga 76,3 mlrd so‘m to‘lab berilgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 1,2 mlrd so‘m keshbek tasdiqlangan. Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar esa 1 trln 79 mlrd so‘mdan oshgan.

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan: 

  • soliq hisobotlari topshirilishi;
  • hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
  • soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari ham avtomatik tarzda to‘lab boriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring