IT sohasida oqsayotgan hududlar ma’lum qilindi

Shavkat Mirziyoyev huzurida axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘layotgani xabar berilgandi.
Unda Prezident yechimini kutib turgan yana bir nechta muammoni sanab o‘tdi.
Xususan, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturi doirasida vazirlik va tarmoqlarning 11 ta loyihasi kechikmoqda.
Jumladan, Transport va Moliya vazirliklarida – 3 tadan, Investitsiya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Kadastr agentligi, Milliy bank, «O‘zagrosug‘urta»da – 1 tadan.
Bugungi kunda ayrim vazirlik va idoralar eski, ishonchsiz va o‘zaro integratsiya qilinmagan axborot tizimlaridan foydalanib kelmoqda.
Bundan tashqari, hududlarda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar bir maromda emas. IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Eng og‘ir holat Qoraqalpog‘iston, Andijon va Surxondaryoda.
Shu bilan birga, 46 ta hududiy loyiha ijrosi kechikmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter