Italiya hamon hukumatsiz qolmoqda

Italiya prezidenti Serjo Mattarella mamlkatning yangi potensial bosh vaziri Karlo Kottarelli bilan uchrashdi. Ammo ular yangi hukumat borasida aniq bir kelishuvga erishganlari yo‘q. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Ammo Kottarelli bu haqida hech narsa demadi. Mattarella bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin u na mandatdan voz kechish, na yangi hukumatning ish boshlashi haqida gapirdi. Hozir parlamentdagi koalitsiya uning iste’fosini talab qilib turibdi.
«Reuters» manbalariga tayanib xabar berishicha, Kottarelli deputatlar bilan hatto muvaqqat hukumat borasida ham kelishuvga erisha olmagan. Bunday holatda, agentlikning qayd etishicha, prezident yaqin kunlarda parlamentni tarqatib yuborib, muddatidan oldin saylov o‘tkazish haqida buyruq beradi. Saylov 29-iyulda o‘tishi mumkin.
Italiyaning yetakchi partiyalari iqtisodiy inqiroz sharoitida saylovni kechiktirmaslik lozimligini aytmoqda. Aks holda yevroskeptiklar vaziyatdan foydalanib qolishlari va Italiyaning YeIdan chiqishi masalasini ko‘tarishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter