Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada ahvol jiddiy. Butun mamlakat bo‘ylab qattiq karantin joriy etildi

Italiyada ahvol jiddiy. Butun mamlakat bo‘ylab qattiq karantin joriy etildi

Foto: «ria.ru»

Italiya rasmiylari butun mamlakat bo‘ylab qattiq karantin choralarini qo‘llamoqda. Bu haqda BBC xabar tarqatdi.

Mamlakat hukumati koronavirusga qarshi kurashning takomillashtirilgan rejasi tasdiqlandi: Barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinadi, sport musobaqalari, shu jumladan, futbol o‘yinlari to‘xtatiladi. Maktablar va universitetlar 3 aprelga qadar yopiladi.

Bosh vazir Juzeppe Konte, ayniqsa, koronavirusning eng ko‘p qurboniga aylanayotgan keksa kishilarning uydan chiqmasliklarini so‘ragan.

Karantin choralari bugun, seshanba kunidan kuchga kiradi.

Italiyada shu vaqtga qadar koronavirusdan 97 kishi vafot etdi. Mamlakatdagi COVID-19 bilan kasallanganlar soni 463 kishini tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring