Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada dunyodagi eng katta samolyotni qurish boshlandi

Italiyada dunyodagi eng katta samolyotni qurish boshlandi

Foto: Radia WindRunner

Italiyada dunyodagi eng katta samolyot — Radia WindRunner qurilishi boshlandi, deb xabar berdi Euro Puls portali.

Samolyot yangi avlod elektr stansiyalarida o‘rnatiladigan shamol turbinalari parraklarini tashishga mo‘ljallangan.

Yangi parraklarning uzunligi — 104 metr, ya’ni odatiy shamol generatorlari parraklariga qaraganda 30 metr uzunroq. Yangilangan turbinalar shamolni ko‘proq tutadi, quyosh stansiyalari va AESlarga nisbatan kam xarajat bilan ko‘proq energiya chiqaradi.

Ammo parraklarni tashish muammosi paydo bo‘ldi. Ularni yig‘ib-terish mumkin emas — konstruksiyasi bunga imkon bermaydi.

Yuk mashinalari burilish yoki tunnel kabi tor joylar sababli parraklarni tashiy olmaydi, samolyot va vertolyotlar bunchalik katta o‘lchamli yukka mo‘ljallanmagan, dirijabllar esa juda yengilligi uchun bunday yukni olib havoga ko‘tarila olmaydi.

Portal yozishicha, hozircha topilgan yagona yechim ulkan samolyot qurish bo‘ldi. U olti qavatli uy balandligida (24 metr) bo‘ladi. Samolyotning uzunligi — 108 metr, qanotlari umumiy uzunligi 80 metrga yetadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring