Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada juda antiqa va kamyob gol urildi (video)

Italiyada juda antiqa va kamyob gol urildi (video)

Italiya S seriyasining 36-turida «Modena» jamoasi o‘z uyida «Imoleze» klubini qabul qilgan va 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan tugagan. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning 1-daqiqasida esa mezbonlar darvozaboni o‘yinga kiritib berish uchun tepgan to‘p to‘g‘ri raqib darvozasiga borib tushgan.

Shu tariqa «Modena» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketgan va jadvaldagi 1-o‘rnini mustahkamlagan. «Imoleze» esa autsayderlar qatorida qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring