Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyalik aktrisa Jina Lollobrijida vafot etdi

Italiyalik aktrisa Jina Lollobrijida vafot etdi

Foto: Global Look Press

Jahon kinematografiyasi afsonalaridan biri, italiyalik aktrisa Jina Lollobrijida 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda La Repubblica gazetasi xabar berdi.

Jina Lollobrijida 1927-yilning 4-iyulida tug‘ilgan. Bolaligida haykaltarosh yoki opera qo‘shiqchisi bo‘lishni orzu qilgan. Biroq uning hayot yo‘llari kino bilan tutashdi. 1946-yildan boshlab epizodik rollarda suratga tushishni boshladi. Go‘zallik tanlovida qatnashish unga birinchi shuhratni keltirdi.

«Lola laqabli shunqor» filmi uni kino olamiga tanitdi. Keyinchalik Gollivud rejissyorlari e’tiboriga tushdi. Hamfri Bogart, Frenk Sinatra, Yul Brinner, Toni Kyortis kabi yulduzlar bilan birga kino tarixiga kirgan ajoyib obrazlar yaratdi.

Aktrisa suratga tushgan eng mashhur filmlar: «Lola laqabli shunqor», «Parij Bibi Maryam ibodatxonasi», «Imperiya Venerasi», «Dunyodagi eng go‘zal ayol».

1973-yildan boshlab Jina Lollobrijida o‘zini fotografiya san’atida sinab ko‘rishni boshladi va katta yutuqlarga erishdi. «Mening Italiyam» albomi yaxshi qarshi olindi, Pol Nyumen, Salvador Dali kabi yulduzlar, hatto Fidel Kastroning portret-suratini oldi.

Keksalik davrida nihoyat bolalik orzusi — haykaltaroshlik bilan shug‘ullanishni boshladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring