Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyaliklar samolyotdan ham uchqur mashina ishlab chiqarishdi

Italiyaliklar samolyotdan ham uchqur mashina ishlab chiqarishdi

Foto: «YouTube»

Italiyaning elektr giperkari — «Pininfarina Battista» birinchi marta shahar yo‘llarida namoyish etildi. Narxi ham (2,6 mln. dollar), tezligi ham (atigi 1,8 soniyada 100 km/soat tezlik) aqlni shoshiradi. Ya’ni «italyan» shu paytgacha yaratilgan benzinli, gibrid yoki elektr avtomobillarning istaganidan ancha tezkor.

Supermashina mualliflarining aytishicha, u «F-16» qiruvchi samolyotidan avvalroq 300 km/soat tezlik oladi. Akkumulyatorlari sig‘imi bir quvvat olishda 480 kilometr masofani bosib o‘tish uchun yetarli. Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, avtomobilning maksimal tezligi elektron spidometrda 350 km/soat bilan cheklangan.

Ishlab chiqaruvchilar «Pininfarina Battista»ni GT toifasidagi eng uchqur avtomobil bo‘ladi deyishmoqda. Bunga 2 ming ot kuchiga ega elektrodivigateli bilan erishiladi. Tezkor quvvatlash texnologiyasi esa akkumulyatorlarni atigi 40 daqiqada 80 foizga to‘ldirish imkonini beradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring