Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni vafot etdi
![Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni vafot etdi](http://static.xabar.uz/crop/1/7/720_460_95_172921889.jpg)
Bugun, 12 iyun kuni Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 87 yoshida shifoxonada vafot etdi. Bu haqda «Corriere della Sera» gazetasi xabar berdi.
Italiyalik siyosatchi vafoti oldidan kasalxonaga yotqizilgan.
Berluskoni joriy yilning 5 aprel kuni to‘satdan pnevmoniya va yurak xastaligi bilan reanimatsiyaga yotqizilgan edi. Ertasi kuni sobiq bosh vazirga oq qon kasalligi tashxisi qo‘yilgan. 17 aprel kuni u reanimatsiya bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Silvio Berluskoni 1994-1995, 2001-2005, 2005-2006 va 2008-2011 yillarda Italiya hukumatini to‘rt marta boshqargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter