ITBning 200 mln dollari evaziga qaysi hududlarda maktablar qurilishi ma’lum bo‘ldi

Joriy yil 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan maktab ta’limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimotda Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda mamlakatda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayotgani, shu bois Islom taraqqiyot banki (ITB)dan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgani haqida to‘xtalgan edi.
Davlat rahbarining 28 apreldagi PQ-152-sonli qaroriga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki, Rivojlanish uchun islom birdamlik jamg‘armasi va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti ishtirokida amalga oshirilayotgan «O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida inklyuziv ta’lim imkoniyatlariga ega 58 ta maktab quriladi va jihozlanadi.
Jumladan:
- 30 ta — 1 650 o‘rinli;
- 16 ta — 990 o‘rinli;
- 11 ta — 660 o‘rinli;
- 1 ta — 330 o‘rinli zamonaviy umumta’lim maktabi.
Xususan, pedagog kadrlarni malakasini oshirish, maktab ta’limida inklyuziv ta’lim joriy etish, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, xalqaro talablar va yondashuvlar asosida malaka oshirishning «aralash o‘qitish» modeli joriy etiladi.
Qayd etilishicha, natijada:
- 72 ming nafardan ortiq yangi o‘quv o‘rinlari yaratiladi;
- 500 nafardan ortiq nogironligi bor o‘quvchilar uchun inklyuziv ta’lim sharoitlari yaratiladi;
- 36 ming nafar pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter