Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iyul oyi so‘nggi 150 yil ichidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi – mutaxassis

Iyul oyi so‘nggi 150 yil ichidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi – mutaxassis

O‘zbekistonning Samarqand, Termiz kabi yirik tayanch kuzatuv punktlarida iyul oyi o‘rtacha oylik havo harorati kuzatuvlar boshlangan davrdan boshlab eng yuqori qiymatga yetdi.

Bu haqda ob-havo kuzatuvlari bo‘yicha mutaxassis Erkin Abdulahatov ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Samarqand va Termizda oy davomidagi 3 ta issiq havo oqimi 2021-yildagi rekord darajadagi eng issiq oylardan kamida 0,2 daraja yuqori issiq bo‘lishini ta’minlagan.

Farg‘ona shahrida esa 2023-yildagi eng issiq iyul oyi (+29.8 daraja) joriy iyulda ham takrorlandi.

«Poytaxtda joriy iyul kuzatuvlar boshlangan 1868-yildan buyon ikkinchi eng issiq iyul bo‘ldi. Toshkentda 18-iyuldan 23-iyulga qadar muntazam har kuni maksimal havo harorati kunduz kunlari +42 daraja va undan biroz past kuzatildi. Oyning 4-sanasidagi +43,5 daraja issiq harorat poytaxtda o‘tgan oydagi eng yuqori qiymat bo‘ldi.

Iyul — shundoq ham respublikadagi eng issiq oy va u yaqin 1,5 asrdagi eng issiq iyul kabi o‘tganini aholi o‘z tanasida his qildi. Jazirama kunlar kishilar hafsalasini pir qildi. Uyqu, ovqatlanish rejimini buzib tashladi. Ko‘pchilik bosh og‘riq, kamquvvatlilik sabab, o‘ziga yangi-yangi kasalliklarni (ayniqsa qon bosimi) orttirib oldi», – deb yozadi mutaxassis.

Ma’lum bo‘lishicha, «Meteojurnal» Turkmaniston poytaxti Ashxabodda ham o‘tgan iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘lganini e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring