Iyun oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
O‘zgidromet kelayotgan iyun oyi uchun ehtimoliy ob-havo prognozini taqdim etdi.
Bu yil yoz iliq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat kunduz kunlari 28-33 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 35-38 darajagacha bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.
Iyun oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 4-5-iyun kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 14-19 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja, ba’zi joylarda 35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 37 darajagacha bo‘ladi.
6-10-iyunda ayrim kunlarda (1-2 kun) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 14-19 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda 35-37 darajagacha bo‘ladi.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat asosan kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 33-38 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi. Oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli ko‘p.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter