Jahon bozorida neft narxi yana pasayishni boshladi

Jahonda neft narxlari chorshanbadan payshanbaga 2 dollarga yoki 2 foizga pasayib o‘tdi. Payshanba tongida ham pessimizm saqlanib qoldi — narxlar bir maromda pasayishda davom etib, «qora oltin» yana 0,4 dollarga qadrsizlandi. Tahlilchilar narx pasayishiga aniq bir sababni topisha olmayapti, chunki ular ko‘p...
Soat 11:30 holatiga, Londondagi interkontinental ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa etalonidagi Brent markasidagi neftning barreli 44,25 dollardan, Amerika etalonidagi WTI markali neftning barreli 41,40 dollardan sotilgan.
Mavhumlik
Sabablar ko‘p. Birinchidan, sarmoyadorlar Navalniy ishi Rossiya va AQSh-YeI o‘rtasidagi «sanksiya urushlari»da yangi sahifa ochishidan qattiq tashvishga tushishgan: bu holat iqtisodiy tanazzullar, cheklovlar, neft iste’moli kamayishiga olib keladi. Ikkinchidan, investorlar dollar mustahkamlanayotgan bir paytda neft fyucherslarini sotishga o‘tishdi.
Bulardan tashqari, «Laura» dovuli ketganidan keyin Meksika ko‘rfazida neft qazib olinishi tiklanishi, OPEK+ neft qazib olishi bo‘yicha «Bloomberg» va «Reuters» baholashlari chiqishi kabi omillar. Ma’lum bo‘lishicha, OPEK+ning barcha a’zolari ham o‘z majburiyatlarini bajarmagan. Masalan, avgustda narxlarni barqarorlashtirish uchun qazib olishni kamaytirishga kelishgan mamlakatlar aks yo‘lni tutib, sutkalik me’yorni «Bloomberg» hisob-kitoblariga ko‘ra 0,55 million barrelga — 23,94 million barrelgacha, «Reuters» hisob-kitoblariga ko‘ra, 0,95 million barrelga — 24,27 million barrelgacha oshirishgan.
Rossiya avgust oyida neft qazib olishni 9,86 million barrelgacha (iyulda — 9,37 million barrel edi) oshirgan.
O‘z kvotasini eng ko‘p oshirib yuborganlardan biri Birlashgan arab amirliklari. Avgust davomida sutkalik mo‘ljalni 1,2 million barrelga oshirishga kelishilgan edi. O‘tgan oyda ikkinchi eng katta o‘sish aynan BAAga to‘g‘ri keldi — sutkalik mo‘ljal 100 ming barrelga oshirib yuborilib, 2,693 million barrelgacha yetdi. Energetika vaziri Suhayl al-Mazruiy ushbu holatni mamlakatda yozgi energiya sarfi ko‘paygani (konditsionerlar, sovutkichlar) bilan izohladi. Vazir sentyabrdan BAA neft eksportini 30 foizga qisqartirishiga va’da bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter