Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chellenj kubogi: Oksana Chusovitina kumush medalni qo‘lga kiritdi

Jahon chellenj kubogi: Oksana Chusovitina kumush medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda. 13 mamlakatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ortda qolgan kun 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Xususan, kecha 50 yoshni qarshi olgan Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medal bilan taqdirlandi.

Oltin medal:

  • Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashq)
  • Ahrorxon Temirxonov (halqa)

Kumush medal:

  • Oksana Chusovitina (tayanib sakrash)
  • Ravshan Komiljonov (Ot ustida mashq)
  • Humoyun Islomov (erkin mashq)

Bronza medal:

  • Shahinabonu Yusupova (tayanib sakrash)

Bugun yana bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring