Jahonda kamharakat o‘smirlar soni qanchaligi ma’lum qilindi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyodagi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlarning 80 foizi kamharakat turmush tarziga odatlangan. Bu haqda «Lancet Child & Adolescent Health» jurnali yozmoqda.
Mutaxassislar dam olish, sport, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish va boshqa omillarni hisobga olishdi. Kam harakatlanish oxir-oqibat o‘smirlarning salomatligiga zarar qilmoqda.
Eng serharakatlar ham, «turg‘unlar» ham Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri kelyapti. Eng yaxshi holat Bangladeshda — bolalarning 34 foizi serharakat, eng yomoni Janubiy Koreyada — bu mamlakatdagi o‘g‘il va qizlarning 90 foizi kamharakat bo‘lib, JSST talablariga javob bermaydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari reytingga kiritilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter