Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jahondagi eng ayovsiz» aksilkorrupsiya qonunlari qabul qilinadi — Avstriya

«Jahondagi eng ayovsiz» aksilkorrupsiya qonunlari qabul qilinadi — Avstriya

Foto: LiveJournal

Avstriyada korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytiruvchi qonunlar to‘plamini qabul qilishga tayyorgarlik ketmoqda. Bu haqda mamlakat Yevropa Ittifoqi va Konstitutsiya ishlari vaziri Karolina Edtshtadler bugun, 12-dekabr kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«Aksilkorrupsiya qonunlari to‘plami «jahonda eng ayovsiz» bo‘lishga da’vogar. Xususan, qonunlarda korrupsiyaga qarshi moddalar ko‘paytirilib, ular bo‘yicha jazolar kuchaytiriladi», — dedi vazir.

Brifingda qatnashgan adliya vaziri Alma Zadich 10 va 11-yanvar kunlari qonunlar to‘plami loyihasi hukumatning sayyor majlisida muhokama qilinganini aytdi. Qonunlar loyihalariga siyosiy partiyalar va OAVning moliyalashtirilishini nazorat qilish ham kiritilgan.

«Siyosatda katta tozalash o‘tkazish fursati yetdi. Siyosatchilar otni qamchilashlari uchun bu chorlov. Korrupsiyaga qarshi qonunchilikni kuchaytirish va undagi bo‘shliqlarni to‘ldirish tomon qadam tashlash hozir juda muhim», — dedi adliya vaziri.

Yangi qonunda parlament deputatligiga hamda hukumat va partiyalarning boshqa organlariga nomzodlarning saylov kampaniyalarini yashirincha moliyalashtirganlik uchun jazo ancha kuchaytirildi, deya qo‘shimcha qildi vazir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring