Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugungi kunga qadar D.Rahimova Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlab kelgan.
Durdona Rahimova mehnat faoliyatini 2012 yilda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati Kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash bo‘limi mudiri sifatida boshlagan ham o‘tgan yillar davomida ushbu tashkilotda mas’ul vazifalarda ishlagan.
Bundan avval, Furqat Mahmudxo‘jayev Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter