Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Amerikadan yana uch jamoa JCh-2026 ga yo‘llanma oldi

Janubiy Amerikadan yana uch jamoa JCh-2026 ga yo‘llanma oldi

Urugvaya, Kolumbiya va Paragvay terma jamoalari JCh-2026 saralashining 17‑turi yakuniga ko‘ra, mundialga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa Janubiy Amerikadan jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oltita yo‘llanmaning barcha egalari ma’lum bo‘ldi. Bular: Argentina (38 ochko), Braziliya (28 ochko), Urugvay (27 ochko), Ekvador (26 ochko), Kolumbiya (25 ochko) va Paragvay (25 ochko).

So‘nggi turda Venesuela va Boliviya pley-offda o‘ynash imkonini beruvchi yettinchi o‘rin uchun kurashadi. Hozir yettinchi o‘rinda Venesuela (18 ochko) ketmoqda, boliviyaliklarning ochkolari bittaga kam.

18 turda Venesuela o‘z maydonida Kolumbiyani, Boliviya esa Braziliyani qabul qiladi. Har ikki o‘yin 9-sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa 2026-yilgi mundial ishtirokchilari soni 16 taga yetdi: AQSh, Meksika, Kanada, Avstraliya, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Argentina, Braziliya, Ekvador, Yangi Zelandiya, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring