Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya «ovoz kuchaytirgichlar urushi»ni bas qildi

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya «ovoz kuchaytirgichlar urushi»ni bas qildi

Foto: Getty Images

Janubiy Koreya KXDR bilan chegaradagi ovoz kuchaytirgichlarni yig‘ishtirib olishni boshladi, ular orqali qo‘shni davlat aholisiga yangiliklar, musiqa va targ‘ibot eshittirilgan.

Shimoliy Koreya bilan chegaradagi demilitarizatsiya zonasi bo‘ylab o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlarni yig‘ishtirib olishdan maqsad — ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishdir. Bu haqda Reuters Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga asoslanib xabar berdi.

«Chegaradagi translyasiyalar» 1963-yildan boshlangan, o‘shandan buyon chegara ortidagilarga K-pop, yangiliklar, jumladan, KXDR rahbarlari tanqid qilingan materiallar eshittirib kelingan. Bunga javoban Shimoliy Koreya metall ishqalanganida chiqadigan yoqimsiz tovushni ovoz kuchaytirgichlarda baland qilib qo‘ygan.

Ovoz kuchaytirgichlar bir necha marta to‘xtatilgan, ziddiyat kuchayaversa ular ham ishga tushgan. Shu yilning iyunida Li Chje Myon Janubiy Koreya prezidenti bo‘lganidan so‘ng hammasiga nuqta qo‘yishga qaror qildi.

Xabarlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya ham ovoz kuchaytirgichlarini chegaradan olib ketmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring