Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyaning to‘rt sanoat giganti

Janubiy Koreyaning to‘rt sanoat giganti

Foto: «Pulse»

Janubiy Koreya tadqiqotlar instituti (Korea CXO Institute) mamlakatning eng yirik sanoat gigantlarini aniqladi.

«Samsung» o‘ziga xos kuchli to‘rtlikning mutlaq yetakchisi — o‘tgan yili kompaniya 414 trln. vona (~$347,2 mlrd.)ga baholangan.

Keyingi o‘rinlarda: «Hyundai Motors» (~$184,5 mlrd.), «SK» (~$182 mlrd.) va «LG» (~$108,2 mlrd).

Ta’kidlanishicha, oxirgi yillarda katta shiddatli o‘sish ko‘rsatkichlariga erishayotgan «SK» sanoat guruhi ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin.

Reytingni tuzishda so‘nggi besh yildagi aktivlar hajmi, savdo ko‘rsatkichlari, xizmat va mahsulotlardan tushgan foyda kabi omillar hisobga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring