Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jarima ballari 1-may kunidan boshlab kuchga kirmaydi – IIV YHXX

Jarima ballari 1-may kunidan boshlab kuchga kirmaydi – IIV YHXX

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda 1-maydan jarima ballari tizimi joriy etilishi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda.

Shu bois, jarima ballarini hisoblash yuqorida ko‘rsatilgan sanadan boshlanmaydi.

«Tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi», – deb yozadi idora matbuot xizmati rasmiysi Zoir Yo‘ldoshov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring