Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Javohir Sindorov «Rustam Qosimjonov xalqaro turniri» g‘olibi bo‘ldi

Javohir Sindorov «Rustam Qosimjonov xalqaro turniri» g‘olibi bo‘ldi

Javohir Sindorov 6,5 ochko jamg‘argan holda mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan «Rustam Qosimjonov xalqaro turniri»ning «Masters» guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eronlik shaxmatchi Parxam Magsudlu 6 ochko bilan 2-o‘rinni, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 5 ochko jamg‘argan holda uchlikka yakun yasadi. Ushbu guruhda g‘oliblikka asosiy da’vogar sanalgan Nodirbek Abdusattorov kuchli beshlikdan o‘rin oldi.

Xalqaro turnirning «Chellenjer» guruhida hamyurtimiz Ortiq Ne’matov va serbiyalik Aleksandar Indjich 6,5 ochkoga ega bo‘lishdi. Ammo, koeffitsiyentlar evaziga serbiyalik shaxmatchi 1-o‘rinni, Ne’matov esa 2-o‘rinni egallaganligi qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring