Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazirama issiq yerusti metrosi harakatiga ta’sir qildi

Jazirama issiq yerusti metrosi harakatiga ta’sir qildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent metropoliteni ma’muriyati ob-havo keskin isishi sababli kunduzgi vaqtda yer usti liniyalarida poyezdlar tezligi pasaytirilishini ma’lum qildi.

«Havo harorati keskin ko‘tarilishi natijasida, xarakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar Toshkent yer usti Xalqa yo‘lida soat 18:00gacha soatiga chegaralangan tezlik (30-35 km/soat)da harakatlanadi», – deyiladi rasmiy bildirishda.

Ushbu cheklov qancha vaqtga amal qilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring