Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazoir Marokashga jo‘natiladigan yordamlar uchun havo hududini ochadi

Jazoir Marokashga jo‘natiladigan yordamlar uchun havo hududini ochadi

Jazoir o‘z havo hududini Marokashga yo‘naltiriladigan insonparvarlik va tibbiy parvozlar uchun ochishini e’lon qildi.

O‘tgan yili Marokash bilan aloqalarini uzgan qo‘shni davlat Marokashda yuz bergan kuchli zilzila qurbonlariga gumanitar yordam yetkazilishini osonlashtirish uchun havo hududini ochishga qaror qilgan.

Shuningdek, Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun zilziladan jabr ko‘rgan hududlarga birdamlik belgisi sifatida o‘z mamlakatining insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtga qadar zilzila oqibatida mamlakatda 1100 dan ortiq odam halok bo‘lgani xabar qilindi.

Marokash harbiylari zilzila qurbonlari va talofatlarini kamaytirish uchun qo‘shin va boshqa kuchlarni joylashtirgan.

Bir qator davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Isroil, Jazoir va Tunis mamlakat aholisiga yordam berish uchun Marokashga qidiruv-qutqaruv va tegishli mutaxassislarini jo‘natishga tayyorligini ma’lum qilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring